Asosiy mazmunga o‘tish
Constell Shop

Maxfiylik siyosati

Qanday ma’lumot yig‘amiz, nima uchun va qanday himoya qilamiz — «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq.

Nimani so‘raymiz

  • Ism
  • Telefon raqami
  • Yetkazish manzili
  • Telegram yoki Google akkaunti (shu orqali kirsangiz)

Faqat quyidagilar uchun

  • Buyurtmani tayyorlash
  • Holati haqida xabar berish
  • Yetkazishga topshirish

Bu yerda hech qachon so‘ralmaydi

  • Karta raqami yoki CVV
  • Parollar
  • Bankingizdan kelgan kodlar

Nimani yig‘amiz

Buyurtma uchun: ism, telefon, yetkazish manzili va ixtiyoriy email. Kirish uchun: Telegram tasdiqlagan telefon raqamingiz (va Telegram username’ingiz) yoki Google akkauntingizdagi ism va email. Sharh uchun: ko‘rsatgan ismingiz va matn.

Nima uchun

Faqat buyurtmani bajarish, holati haqida SMS yuborish, siz bilan bog‘lanish va sharhingizni ko‘rsatish uchun. Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.

Kimga beriladi

Faqat buyurtmani bajarish uchun zarur bo‘lganlarga: yetkazish xizmati (viloyatlarga BTS Pochta) — ism, telefon va manzil; SMS xizmati (Eskiz) — telefon raqami. Telegram botimiz orqali kuzatsangiz, buyurtma holati Telegram orqali yuboriladi. Google orqali kirsangiz, Google bizga faqat ismingiz va emailingizni beradi — biz Google’ga hech narsa yubormaymiz.

Saqlash

Ma’lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, unga faqat do‘kon egasi kira oladi. Buyurtma ma’lumotlari buxgalteriya talablari uchun zarur muddat davomida saqlanadi.

Cookie va statistika

Sayt savat, tanlangan til va kirish holatini eslab qolish uchun cookie va brauzer xotirasidan foydalanadi. Saytni yaxshilash uchun anonim tashrif statistikasi yig‘iladi.

Huquqlaringiz

Ma’lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirishni so‘rashingiz mumkin — Telegram orqali yozing.

Yangilangan: 2026-10-31